Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

GRAVITROPIK SIGNALNING STATOLIT-LAZY-RLD-PIN ZANJIRI VA TRITERPENOID BIRIKMALARNING EHTIMOLIY TA'SIR NUQTALARI

Sevinch ShodmonovaGuliston davlat universiteti, Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy-tadqiqot instituti
2026
ABI

Annotatsiya

O'simliklarning gravitropik javobi ildiz tizimining rivojlanishi va tashqi muhitga moslashishini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ushbu jarayon statolit-LAZY-RLD-PIN zanjiri orqali boshqariladi, biroq triterpenoid birikmalarning ushbu signal tizimiga ko'rsatadigan ta'sir mexanizmlari hali to'liq tizimlashtirilmagan. Tadqiqotda gravitropik signal uzatishning zamonaviy modeli tahlil qilinib, triterpenoidlarning ushbu zanjirdagi ehtimoliy ta'sir nuqtalari aniqlandi. Ish 2001-2026-yillarda PubMed, Scopus, Web of Science va Google Scholar ma'lumotlar bazalarida chop etilgan xalqaro ilmiy adabiyotlarni tizimli tahlil qilishga asoslangan. Triterpenoidlar va gravitropizm sohasidagi eksperimental dalillar hamda gipotetik bog'lanishlar mutantlar tahlili prizmasi orqali qiyosiy o'rganildi. O'tkazilgan tahlillar triterpenoidlar va gravitropizm o'rtasida bevosita va bilvosita bog'liqlik mavjudligini ko'rsatdi. Eksperimental ma'lumotlar xromosaponin I (CSI) triterpenoid saponini AUX1 oqsili bilan bevosita bog'lanib, auksin transporti va gravitropik javobni boshqarishini isbotlaydi. Bilvosita mexanizm sifatida triterpenoidlarning membrana sterollari biosintezi orqali PIN oqsillarining endotsitozi va qutbli joylashuviga ta'sir etish ehtimoli aniqlandi. Tahlil natijasida triterpenoidlarning ta'sir nuqtalari sezish, signal uzatish, qutblanish, auksin transporti va fiziologik javob darajalariga ajratilib, ularni tekshirish usullari tizimlashtirildi. Ushbu ko'p darajali yondashuv moddalarning o'ziga xos gravitropik xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar