Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

RAQAMLI BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA FINTECH VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

So‘nggi o‘n yillikda jahon moliya sektori an’anaviy filial-markazli xizmat ko‘rsatish modelidan masofaviy, ma’lumotlarga asoslangan raqamli modelga keskin o‘tmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab voyaga yetgan aholining hisob raqamiga egalik darajasi 2021-yildagi 74 foizdan 2024-yilda 79 foizga ko‘tarilgan bo‘lib, bu o‘sish asosan texnologiya orqali ta’minlangan (Klapper va boshq., 2025). Ushbu o‘zgarishning harakatlantiruvchi kuchi sifatida moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va taqsimlangan reyestr — blokcheyn texnologiyasi maydonga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasida ham bank tizimini bozor tamoyillari asosida transformatsiya qilish strategik vazifaga aylangani sababli, ushbu texnologiyalarning roli va salohiyatini ilmiy jihatdan baholash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mazkur tezisda FinTech va blokcheyn texnologiyalarining raqamli bank xizmatlari rivojiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar