Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Tuproq immunologiyasi

Sevara FayzullayevaUrgancha davlat Univesiteti magistranti
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tezisda tuproq immunologiyasining zamonaviy biologik va ekologik asoslari, tuproq mikrobiomi hamda rizosfera mikroorganizmlarining o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Tuproq faqat o‘simliklarning oziqlanishi va ildiz tizimining rivojlanishini ta’minlovchi muhit emas, balki o‘simlik immunitetiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab biologik tizim hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar foydali bakteriyalar va zamburug‘lar, jumladan Pseudomonas , Bacillus , Trichoderma va mikoriza bilan bog‘liq organizmlar o‘simliklarda induksiyalangan sistemali rezistentlikni faollashtirishi mumkinligini ko‘rsatgan [1; 2]. Tuproq mikroorganizmlarining ayrim guruhlari patogenlarning rivojlanishini antagonizm, oziqa uchun raqobat, antibiotik va boshqa biologik faol birikmalar ishlab chiqarish orqali cheklaydi [3]. Kasallikni bostiruvchi tuproqlarda mikrobiologik faollik o‘simlik kasalliklarini nazorat qilishning tabiiy mexanizmlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi [4]. Shuningdek, ildiz ajratmalari mikroorganizmlar jamoasining shakllanishida muhim signal vositasi bo‘lib, o‘simlik va mikrobiom o‘rtasidagi o‘zaro aloqani boshqaradi [5]. Tuproq immunologiyasini o‘rganish barqaror qishloq xo‘jaligi, biologik himoya vositalarini ishlab chiqish va kimyoviy pestitsidlardan foydalanishni optimallashtirish uchun muhim ilmiy yo‘nalish hisoblanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar