Sanoat IOT tizimlarida Lorawan va MQTT asosida energiya tejamkor sensor monitoringini tashkil etish
2026uz
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Mazkur tezisda sanoat Interneti (IIoT) tizimlarida LoRaWAN va MQTT texnologiyalarini birgalikda qo‘llash asosida energiya tejamkor sensor monitoringini tashkil etish yondashuvi ko‘rib chiqilgan. Sensor tugunlarining doimiy davriy uzatish rejimidan farqli ravishda, parametr o‘zgarishiga bog‘liq adaptiv uzatish intervalini qo‘llash orqali tarmoq yuklamasi va energiya sarfini kamaytirish taklif etiladi. Model tajribasida paketlar soni, o‘rtacha kechikish, yetkazib berish koeffitsienti va nisbiy energiya sarfi qiyosiy baholangan.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos4 ta foydalanilgan manba