“KIBERJINOYATCHILIK TUSHUNCHASI, BELGILARI VA TURLARI”
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada kiberjinoyatchilik tushunchasi, uning asosiy belgilari va zamonaviy sharoitda namoyon bo‘lish shakllari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi hamda kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar soni va turlarining ortib borishi bilan izohlanadi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik, tizimli va mantiqiy tahlil usullaridan foydalanilgan. Kiberjinoyatchilikning an’anaviy jinoyatlardan farqlovchi asosiy belgilari, jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalanish, raqamli muhitda sodir etilishi, elektron izlarning mavjudligi va transmilliy xususiyati o‘rganilgan. Shuningdek, kiberjinoyatlarning bank kartalari va to‘lov tizimlari bilan bog‘liq jinoyatlar, fishing, ijtimoiy muhandislik, zararli dasturlar, ma’lumotlarni noqonuniy egallash hamda zamonaviy texnologiyalar asosidagi boshqa shakllari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida kiberjinoyatchilik tushunchasini aniq belgilash va uning turlarini tizimlashtirishga doir ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqilgan.