TUT MEVASINI QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda tut mevasining kimyoviy tarkibi, biologik faol moddalari va oziq-ovqat sanoatidagi potensialidan kelib chiqib, uni qayta ishlashning zamonaviy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Ilmiy adabiyotlar asosida tut mevasidan quritilgan mahsulotlar, sharbat, pyure, konsentrat, kukun va biologik faol ingredientlar olish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tut mevasini qayta ishlashda xomashyoning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish, saqlash muddatini uzaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar yaratish istiqbollari yoritilgan. Shuningdek, tutni chuqur qayta ishlash va chiqindisiz texnologiyalarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan.