O‘ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA MILLIY O‘ZLIKNING SHAKLLANISHI: MADANIY XOTIRA, AN’ANA VA MODERNIZMNING QIYOSIY TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz adabiyotida milliy o‘zlikning shakllanishi hamda badiiy ifodalanish xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy o`zlikning shakllanishida madaniy xotira, tarixiy meros, milliy an’analar va modernizatsiya jarayonlarining o‘rni yoritiladi. O‘zbek adabiyotida milliy o‘zlik, avvalo, tarixiy xotira, ona tiliga munosabat, milliy qadriyatlar, ma’naviy meros va ajdodlar an’anasi bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Ingliz adabiyotida esa milliy shakllanishi tarixiy tajriba, ijtimoiy tabaqalanish, imperiya va mustamlakachilik tajribasi, modernlik hamda shaxs va jamiyat munosabatlari orqali namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda B. Anderson, J. Assmann, H. Bhabha, E. Hobsbawm va A. D. Smith kabi olimlarning milliy identitet va madaniy xotira haqidagi nazariy qarashlaridan foydalaniladi.