E. CANESCENS (L.) O'SIMLIK TURIDAN AJRATIB OLINGAN 1,2-DI-O-GALLOIL--D-GLYUKOZA VA 1-O-GALLOIL-4,6-EKSAGIDROKSIDIFENOIL--D-GLYUKOZA POLIFENOL BIRIKMALARINING VAZORELAKSANT TA'SIRI NA+-KANALLARINING ISHTIROKI
Annotatsiya
Tadqiqotda izometrik sharoitda E. Canescens (l.) oʻsimligi yer ustki qismidan ajratib olingan - 1,2-di-o-galloil- β -d-glyukoza va uning hosilasi 1-o-galloil-4,6-geksagidroksidifenoil-β-d-glyukoza polifenollarining kalamush aorta qon tomiri silliq muskul preparati qisqarish faolligiga kimyoviy strukturasiga bogʻliq vazorelaksant ta'siri oʻrganilgan. Tajribalarda 1,2-di-o-galloil-b-d-glyukoza va 1-o-galloil-4,6-geksagidroksidifenoil-β-d-glyukozaning vazorelaksant ta'siri konsentrasiya va kimyoviy strukturasiga bogʻliq boʻlib, qon tomir silliq muskul hujayralari plazmolemmasida joylashgan Ca2+L–kanali blokadasi bilan bir qatorda sezilarli darajada Na+- kanali faolligi moduyatsiyasi bilan bog‘liqligi taxmin qilindi.