Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

RAQAMLI IJTIMOIYLASHUV MUHITI TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA TA'LIM SIFATI: PISA-2025 SIGNALINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada PISA-2025 xalqaro tadqiqoti natijalari yoshlarning ijtimoiylashuv muhiti transformatsiyasi nuqtai nazaridan tahlil qilingan. 15 yoshli oʻquvchilarning 20 foizi uchala yoʻnalishda ham bazaviy darajaga yetmagani, OECD davlatlarida oʻqish savodxonligining 2000 yildan buyon eng past darajaga tushgani, raqamli chalgʻish va sun'iy intellektdan nazoratsiz foydalanishning oʻquv natijalariga ta'siri rasmiy statistik ma'lumotlar asosida koʻrsatilgan. Muammo texnologiyaning oʻzida emas, undan foydalanish madaniyatida ekani asoslangan. Ijtimoiylashuv agentlari tarkibidagi oʻzgarishlar – algoritmlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun'iy intellektning “yangi tarbiyachi” sifatida paydo boʻlishi – ijtimoiy-falsafiy jihatdan talqin qilingan. Oʻzbekiston ta'limi uchun chuqur oʻqish, diqqatni boshqarish va tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflar berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba