Xizmatlar sohasida raqamli transformatsiyaning iqtisodiy samaradorligini oshirish yoʻllari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda xizmat ko‘rsatish korxonalarida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tadqiq etilgan. Raqamli transformatsiyaning mijozlar bilan ishlash, buyurtmalarni qayta ishlash, marketing, ombor va boshqaruv jarayonlariga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda sun’iy intellekt asosidagi CRM, bulutli boshqaruv, BI-analitika va elektron buyurtma tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida raqamli texnologiyalarni kompleks joriy etish xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish, operatsion jarayonlarni optimallashtirish va boshqaruv qarorlarining samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishi asoslangan.