Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Reframing metodini pedagogika taʼlim yoʻnalishi talabalarida qoʻllashning pedagogik samaradorligi

Shaxnoza SadikovaAndijon davlat pedagogika instituti Mustaqil tadqiqotchisi
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada kognitiv reframing (cognitive reframing) metodining pedagogika ta’lim yo’nalishi talabalarida qo’llanilishining pedagogik samaradorligi nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda A. Bek va A. Ellis tomonidan ishlab chiqilgan kognitiv-bixevioristik terapiya (CBT) bazasidagi reframing metodi pedagogik kontekstga moslashtirilgan holda ko’rib chiqildi. Maqolada bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy-psixologik tayyorgarligida reframing metodining besh asosiy yo’nalishdagi qo’llanilishi yoritildi: o’z-o’zini muvozanat qilish, kasbiy stressni boshqarish, o’quvchilar bilan munosabatlarda salbiy idroklarni qayta talqin qilish, pedagogik xatolarni o’rganish manbai sifatida qabul qilish hamda kasbiy rezilientlikni mustahkamlash. Tadqiqotda muallif tomonidan reframing metodini pedagogik ta’limga joriy etishning to’rt bosqichli (Catch - Check - Challenge - Change) didaktik algoritmi taklif etildi. Xalqaro tadqiqotlardagi empirik dalillar (Web-based CBT n=240, IBSR n=67, SMART dasturi) tahlili reframing metodining bo’lajak o’qituvchilarning kognitiv egiluvchanligi, stress-rezistantligi va kasbiy o’z-o’ziga ishonchini sezilarli oshirishi tasdiqlandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar