AI-chatbotlardan foydalanish jarayonida oʻquvchilarning kognitiv atrofiya (tanqidiy fikrlashning susayishi) xavfi
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun’iy intellekt asosida ishlovchi AI-chatbotlardan ta’lim jarayonida foydalanishning o‘quvchilarning kognitiv faoliyati, mustaqil fikrlashi va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy chatbotlar axborotni tez izlash, murakkab tushunchalarni izohlash, individual ta’limni qo‘llab-quvvatlash va o‘quvchilarga tezkor fikr-mulohaza berish imkonini yaratmoqda. Shu bilan birga, tayyor javoblarga ortiqcha tayanish, ma’lumotni mustaqil tahlil qilmaslik va muammoni o‘zi hal qilishga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi kognitiv yuklamaning boshqa shaklga o‘tishiga hamda ayrim hollarda o‘quv jarayonining yuzakilashishiga olib kelishi mumkin. Maqolada “kognitiv atrofiya” tushunchasi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, baholash va xulosa chiqarish faoliyatining susayishi xavfi sifatida talqin qilinadi. So‘nggi ilmiy tadqiqotlar asosida AI-chatbotlardan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari, kognitiv offloading, bilimni uzoq muddat saqlash, tanqidiy fikrlash hamda metakognitiv nazorat bilan bog‘liq masalalar yoritiladi. Tadqiqot natijasida AI-chatbotlarni ta’limdan chetlashtirish emas, balki ulardan pedagogik jihatdan nazorat qilinadigan, maqsadli va tanqidiy foydalanish zarurligi asoslanadi.