Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektning shakllanish xususiyatlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi (5–6 yosh) bolalarda emotsional intellektning shakllanish xususiyatlari psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida emotsiyalarni anglash, ifodalash va boshqarish ko‘nikmalarining rivojlanish darajasini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda kuzatish, suhbat va proyektiv metodikalardan foydalanilgan, tadqiqotga 5–6 yoshli 50 nafar bola jalb etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning katta qismida asosiy (bazaviy) emotsiyalarni tanish ko‘nikmasi yetarlicha shakllangan, biroq murakkab, aralash emotsiyalarni anglash hamda o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilish ko‘nikmalari yetarli darajada rivojlanmagan. Maqolada emotsional intellektni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etilgan.
Hali tarjima qilinmagan