QURILISH SOHASIDA PARAMETRIK MODELLARNI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA GENERATSIYA QILISHNING NAZARIY VA TEXNOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada qurilish sohasida parametrik modellarni generatsiya qilish jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etishning nazariy va texnologik asoslari tahlil qilingan. An’anaviy parametrik modellashtirishda geometrik parametrlar, ob’yektlarning o‘zaro bog‘liqliklari hamda modellashtirish algoritmlari asosan mutaxassis tomonidan belgilanishi ko‘rib chiqilgan. Generativ sun’iy intellekt, katta til modellari va qurilish axborot modellashtirish texnologiyalarini integratsiyalash imkoniyatlari tadqiq etilgan. IFC, IDS va bSDD kabi raqamli ma’lumot standartlarining intellektual model generatsiyasidagi vazifalari yoritilgan. Mavjud ilmiy yondashuvlarni qiyosiy tahlil qilish asosida parametrik modellarni intellektual generatsiya qilish, verifikatsiyalash va raqamli qurilish loyihalariga integratsiyalashni qamrab oluvchi kontseptual tuzilma taklif etilgan. Tadqiqotda sun’iy intellekt tomonidan hosil qilingan geometrik modellarni axborot jihatdan to‘liq, tahrirlanadigan va standartlarga muvofiq parametrik modellarga aylantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.