Ingliz va oʻzbek tillaridagi inson xarakteriga oid maqollarning lingvostatistik tahlili
Nilufar SobirovaUrganch RANCH texnologiya universiteti Lingvistika (ingliz tili) yo`nalishi 2-kurs talabasi
2026
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi inson xarakteriga oid maqollar lingvostatistik va qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida har ikki tildagi maqollar semantik maydonlarga ajratilib, ijobiy va salbiy xarakter xususiyatlarining nisbatlari, ularning chastotasi hamda madaniy-milliy xoslangan jihatlari aniqlanadi. Lingvostatistik yondashuv asosida inson xarakterini ifodalovchi maqollarning miqdoriy taqsimoti va dominant konseptlari aniqlab beriladi. Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek xalq tafakkurida inson xarakteriga bo‘lgan baho va munosabatlarning o‘xshash hamda farqli tomonlarini yoritishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos1 ta foydalanilgan manba