Oʻzbekistonda elektron tijorat subyektlarini soliqqa tortish tizimini raqamli transformatsiya sharoitida takomillashtirish yoʻnalishlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonda elektron tijorat subyektlarini soliqqa tortish tizimini raqamli transformatsiyaning yangi bosqichiga moslashtirish masalalari tadqiq etilgan. Elektron tijoratda soliq ma’murchiligini takomillashtirish faqat elektron nazorat vositalarini kengaytirish bilan emas, balki soliq majburiyatining biznes jarayonining o‘zida avtomatik shakllanishini ta’minlovchi institutsional mexanizmlarni yaratish bilan bog‘liqligi asoslangan. Tadqiqotda elektron tijorat subyektlari uchun “raqamli soliq pasporti”, platformalarni soliq komplayensi darajasiga qarab segmentlash, kichik elektron biznes uchun avtomatik hisob-kitob tizimini joriy etish, soliq qonunchiligini mashina o‘qiydigan formatga bosqichma-bosqich o‘tkazish va yangi biznes modellarini soliqqa tortishda tartibga soluvchi eksperimental muhitdan foydalanish taklif etilgan. Mazkur mexanizmlarning qo‘llanilishi ixtiyoriy soliq intizomini kuchaytirish, ma’muriy xarajatlarni kamaytirish hamda elektron biznesning rasmiy iqtisodiyotdagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.