Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Endoskopik tasvirlarda oshqozon yaralarini aniqlash uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarining qoʻllanilishi

Aziza JalgasbayevaNazokat SabitovaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter tizimlari kafedrasi asistenti, Toshkent, O‘zbekiston
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda endoskopik tasvirlarda oshqozon yaralarini RetinaNet modeli yordamida avtomatik aniqlash va klassifikatsiya qilish masalasi yoritilgan. Tadqiqot davomida Kvasir, HyperKvasir, GastroVision va Kvasir-Capsule ma’lumotlar bazalaridan foydalanilib, maxsus o‘quv tanlanma shakllantirildi. Tasvirlarga dastlabki ishlov berish bosqichida CLAHE, Median Filter va Telea Inpainting algoritmlari qo‘llanildi hamda augmentatsiya usullari orqali o‘quv tanlanma kengaytirildi. RetinaNet modeli endoskopik tasvirlar asosida o‘qitilib, uning ishlash samaradorligi Precision, Recall va mAP ko‘rsatkichlari asosida baholandi. Tajriba natijalari modelning oshqozon yaralarini aniqlashda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar