HALOL STANDARTLARINI MEHMONXONALARGA QO’LLASH IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda mehmonxona xizmatlari sohasida halol standartlarni joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganildi. Islomiy tamoyillarga asoslangan halol standartlar nafaqat musulmon sayyohlarning ehtiyojlarini qondirish, balki xizmat sifati, gigiyena, xavfsizlik va axloqiy mezonlarni oshirish orqali keng ko‘lamdagi mijozlar ishonchini qozonishda muhim o‘rin tutishi tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Malayziya, Turkiya, BAA va Indoneziya kabi xalqaro tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish mamlakat turizm salohiyatini diversifikatsiya qilish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish imkonini beradi. O‘zbekistonda mavjud infratuzilma va ziyorat turizmi imkoniyatlaridan kelib chiqib, halol mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.