Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Yoshlar orasida yurak kasalliklarining koʻpayishi

Sadoqat XoliqovaToshkent davlat tibbiyot universiteti, talaba
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada yoshlar orasida yurak-qon tomir kasalliklarining ko‘payish tendensiyasi, uning asosiy sabablari va xavf omillari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda yurak kasalliklari nafaqat keksa yoshdagi aholida, balki o‘smirlar va yoshlar orasida ham keng tarqalib borayotgani xalqaro statistik ma’lumotlar orqali asoslanadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakat turmush tarzi, stress, zararli odatlar, semizlik, arterial gipertenziya va qandli diabet kabi omillarning yurak faoliyatiga salbiy ta’siri yoritiladi. Tadqiqot davomida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, ilmiy jurnallar va epidemiologik tadqiqotlar natijalariga tayangan holda yoshlar salomatligini saqlash bo‘yicha profilaktik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada yurak kasalliklarini erta aniqlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va zamonaviy diagnostika usullarining ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar