Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Xitoy tilini oʻrganishda sunʼiy intellektning lingvodidaktik imkoniyatlari

2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tezisda xitoy tilini o‘rganish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning lingvodidaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda generativ AI, AI-chatbotlar, nutqni tanib olish, talaffuzni tahlil qilish, OCR va moslashtirilgan ta’lim texnologiyalarining xitoy tilini o‘qitishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Sun’iy intellekt vositalarining lug‘at boyligini kengaytirish, grammatik kompetensiyani shakllantirish, iyerogliflarni o‘zlashtirish, talaffuz va tonlarni mashq qilish, tinglab tushunish, og‘zaki hamda yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, AI texnologiyalarining ta’lim jarayonini individuallashtirish, tezkor fikr-mulohaza berish, mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlash va kommunikativ mashg‘ulotlarni tashkil etishdagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt xitoy tilini o‘rganishda samarali yordamchi lingvodidaktik vosita bo‘lishi mumkinligini, biroq undan foydalanishda o‘qituvchi nazorati, lingvomadaniy kontekst, akademik halollik va AI tomonidan beriladigan ma’lumotlarning ishonchliligini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar