Boʻlajak oʻqituvchilarda raqamli dars prototiplarini yaratish orqali kreativ-metodik kompetensiyalarni rivojlantirish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli dars prototiplarini yaratish orqali kreativ-metodik kompetensiyalarni rivojlantirishning metodologik asoslari va amaliy mexanizmlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt vositalari va interaktiv platforma imkoniyatlaridan foydalangan holda dars prototiplari yaratish faoliyatini tashkil etishning metodik yondashuvlari yoritiladi. Maqolada xorijiy va mahalliy ilmiy manbalarga asoslanib, raqamli dars prototiplari yaratish faoliyatining bo‘lajak o‘qituvchilarning didaktik tafakkuri, metodik mustakilligini va kreativ pedagogik yondashuvlarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari ko‘rsatiladi.