Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Rux oksidi (Zno (Z8)) plyonkasida lazer impuls energiyasiga bogʻliq nochiziqli -optik refraksiya va yutilish xususiyatlarini z-Scan usulida tadqiq qilish

Z. Y. Xudoyqulova“Yangi O‘zbekiston” Universiteti huzuridagi Ilg’or tadqiqotlar instituti
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tezisda bir nurlik Z-scan usuli yordamida rux oksidi (ZnO (Z8)) yupqa plyonkasining yaqin infraqizil diapazondagi (λ = 1030 nm) nolineyn-optik (NLO) xossalari turli lazer impuls energiyalarida (E p = 500 μJ va E p = 1000 μJ) tadqiq etildi. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, E p = 500 μJ impuls energiyasida materialda to‘yinuvchan yutilish (SA, T max ≈ 1,025) va manfiy nolineyn refraksiya (n 2 < 0, o‘z-o‘zini defokuslash) kuzatildi. Impuls energiyasi E p = 1000 μJ gacha oshirilganda esa nolineyn yutilish teskari to‘yinuvchan yutilish (RSA, Tmin ≈ 0,980) xarakteriga o‘tdi va nolineyn refraksiya musbat ishoraga ega bo‘ldi (n 2 > 0, o‘z-o‘zini fokuslash, ΔTp-v ≈ 0,036). Olingan natijalar ZnO (Z8) plyonkasining lazer impuls energiyasiga bog‘liq nolineyn-optik xususiyatlarini ko‘rsatib, uning optik modulyatorlar va yuqori intensivlikdagi lazer nurlanishini cheklashga mo‘ljallangan optik cheklagichlarda qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar