TUKLI ERVA (AERVA LANATA (L.) JUSS.) DORIVOR XOMASHYOSINING FITOKIMYOVIY VA FARMAKOLOGIK SALOHIYATI HAMDA UNI SURXONDARYODA PLANTATSIYA USULIDA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Tezisda tukli erva (Aerva lanata (L.) Juss.) yer ustki qismining kimyoviy tarkibi va farmakologik faolligi bo‘yicha xalqaro adabiyotlar umumlashtirildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 2025–2026-yillarda o‘tkazilgan tajribalar asosida xomashyo yetishtirishning agrotexnologik sxemasi taklif etildi. O‘simlik tarkibida kantin-6-on qatoridagi alkaloidlar, flavonoid glikozidlari, fenol kislotalari va polisaxaridlar mavjud. Ularning siydik haydovchi, tosh hosil bo‘lishiga qarshi, antioksidant va gipoglikemik ta’siri eksperimentlarda tasdiqlangan. Rossiyada «Эрвы шерстистой трава» nomli o‘simlik vositasi buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarida qo‘llaniladi, ammo uning xomashyosi import qilinadi. Surxondaryoda urug‘ni mart oxirida ekish, qator oralarini 60–70 sm qoldirish, urug‘ sarfini 1,5–1,7 kg/ga belgilash va xomashyoni sentyabr–oktyabrda yig‘ish tavsiya etiladi. Bu yondashuv mahalliy farmatsevtika korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan