Raqamli taʼlim sharoitida sunʼiy intellekt: yangi pedagogik imkoniyatlar va mavjud muammolar
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Bugungi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayoni kengayib, sun’iy intellektning ta’lim amaliyotiga kirib kelishi ushbu jarayonning yangi bosqichini boshlab beryapti. Sun’iy intellekt asosidagi vositalar ta’lim mazmunini shaxsiylashtirish, o’quvchilarning bilimini tahlil qilish, tezkor fikr-mulohaza berish, o’qituvchining ayrim kasbiy vazifalarini yengillashtirish hamda ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, sun’iy intellektdan foydalanish raqamli tengsizlik, o’qituvchilarning texnologik kompetensiyasi, akademik halollik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va algoritmik xolislik kabi muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Mazkur maqolada sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi asosiy pedagogik imkoniyatlari va undan foydalanish bilan bog’liq muammolar ilmiy adabiyotlar hamda xalqaro tavsiyalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, O’zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish va ta’lim tizimiga joriy etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko’rib chiqiladi. Maqolada sun’iy intellekt o’qituvchining o’rnini to’liq egallovchi vosita emas, balki pedagogik maqsadga muvofiq va mas’uliyat bilan foydalanilgandagina ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi mumkinligi asoslanadi.