BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA DATA-SAVODXONLIK VA QAROR QABUL QILISH KOMPETENSIYASINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Annotatsiya
Ushbu tezisda bo‘lajak pedagoglarda data-savodxonlik va qaror qabul qilish kompetensiyasining o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Raqamli ta’lim sharoitida pedagogik qarorlar faqat shaxsiy tajriba, intuitsiya yoki umumiy kuzatuvlarga emas, balki o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, faolligi, baholash natijalari va ta’lim jarayonida shakllanadigan ma’lumotlar tahliliga asoslanishi zarurligi asoslanadi. Data-savodxonlik bo‘lajak pedagogga ma’lumotlarni to‘plash, saralash, tahlil qilish, talqin qilish va ulardan pedagogik xulosa chiqarish imkonini beradi. Shu jihatdan u qaror qabul qilish kompetensiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Tezisda raqamli ta’lim vositalari data-savodxonlikni rivojlantirish, o‘quv jarayonidagi muammolarni aniqlash va asoslangan pedagogik yechimlar ishlab chiqish vositasi sifatida talqin etiladi.