Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda fiskal siyosatning oʻrni
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda fiskal siyosatning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ilmiy adabiyotlar va xalqaro tashkilotlar tadqiqotlari asosida tahlil qilinadi. Davlat xarajatlari, soliqlar, transfertlar, avtomatik stabilizatorlar va fiskal multiplikator orqali iqtisodiy sikllarga ta’sir qilish mexanizmlari yoritiladi. OECD tadqiqotlarida 23 ta mamlakat bo‘yicha avtomatik fiskal stabilizatorlar uy xo‘jaliklari bozor daromadiga berilgan salbiy shokning dastlabki ta’sirini o‘rtacha qariyb 60 foizga yumshatishi aniqlangan. Shuningdek, fiskal multiplikatorning iqtisodiy pasayish va kengayish davrlarida bir xil emasligi ko‘rsatiladi. Tezisda qisqa muddatli barqarorlashtirish vazifalari davlat qarzi barqarorligi va fiskal siyosat imkoniyatlarini shakllantirish bilan uyg‘un olib borilishi zarurligi asoslanadi.