Organik oʻgʻitlar: turlari, agronomik xususiyatlari va ularni Oʻzbekiston sugʻoriladigan tuproqlari unumdorligini tiklashda qoʻllash istiqbollari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Tuproq unumdorligining asosiy ko'rsatkichi hisoblangan organik modda (gumus) zaxirasini saqlash va tiklash zamonaviy o'simlikshunoslik fanining markaziy vazifalaridan biridir. Ko'p yillik intensiv, faqat mineral o'g'itlarga asoslangan dehqonchilik amaliyoti tuproqning organik modda zaxirasini izchil kamayishiga, mikrobiologik faolligining pasayishiga va, natijada, uzoq muddatli unumdorlikning yo'qolishiga olib kelmoqda. Bu muammoning yechimi sifatida jahon agrar sohasida qayta ishlangan organik chiqindilar — chorva go'ngi, kompost (jumladan, shahar qattiq chiqindilar va agro-oziq-ovqat sanoati chiqindilari asosidagi), vermikompost va biouglerod (biochar) asosidagi materiallardan foydalanish borasidagi tadqiqotlar tobora kengaymoqda.