Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Boshlangʻich taʼlimda ”oʻqituvchi–AI–oʻquvchi” triadasining didaktik imkoniyatlari

2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda boshlang ‘ ich ta ’ lim jarayoniga sun ’ iy intellekt texnologiyalarini integratsiyalashuvining pedagogik mazmuni hamda “ o ‘ qituvchi –AI–o ‘ quvchi ” triadasi doirasida yuzaga keladigan didaktik imkoniyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun ’ iy intellektning o ‘ qituvchi va o ‘ quvchi o ‘ rtasidagi an ’ anaviy pedagogik munosabatlarni almashtiruvchi emas, balki ularning funksional imkoniyatlarini kengaytiruvchi intellektual vosita sifatidagi o ‘ rni asoslab beriladi. Triada komponentlarining funksional xususiyatlari, xususan, o ‘ qituvchining pedagogik maqsadni belgilash va jarayonni boshqarish, AI vositalarining ta ’ limiy kontentni shakllantirish, differensiallashtirish va teskari aloqani qo ‘ llab-quvvatlash, o ‘ quvchining esa faol bilish subyekti sifatidagi roli ochib beriladi. Shuningdek, AI vositalaridan foydalanishning boshlang ‘ ich ta ’ limda individual ta ’ lim ehtiyojlarini hisobga olish, o ‘ quv materiallarini vizuallashtirish, adaptiv topshiriqlar yaratish va o ‘ qituvchining metodik faoliyatini optimallashtirish imkoniyatlari yoritiladi. Natijada AI texnologiyalarining didaktik samaradorligi ularning texnik imkoniyatlari bilan emas, balki pedagogik maqsad, o ‘ qituvchi kompetensiyasi va o ‘ quvchining mustaqil bilish faoliyati bilan uyg ‘ unlashtirilish darajasi bilan belgilanadi, degan xulosaga kelinadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar