RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari, moliyaviy resurslardan foydalanishdagi cheklovlar va korxonalar faoliyatini boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda iqtisodiy-statistik tahlil, qiyosiy tahlil va tizimli yondashuv usullaridan foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda Jahon bankining ochiq ma’lumotlari asosida kichik biznesning iqtisodiyotdagi ulushi va uning rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kichik biznes subyektlarida raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron savdoni rivojlantirish, moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va loyiha boshqaruvi vositalaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari kichik biznesning raqobatbardoshligini mustahkamlash, resurslardan oqilona foydalanish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yo‘naltirilgan.