«IMMUNO AKTIV» BIOSTIMULYATORINI QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORINING BEDA (MEDICAGO SATIVA L.) PICHAN HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
Annotatsiya
Maqolada Farg‘ona viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida «Immuno aktiv» biostimulyatorini turli fenologik fazalar (o‘sish boshlanishi, poyalash, shonalash, gullash) va me’yorlarda (30, 40, 50 g/ga) qo‘llashning beda (Medicago sativa L., Toshkent-1 navi) pichan hosildorligi va xom oqsil yig‘imiga ta’siri bo‘yicha uch yillik dala tajribasi natijalari keltirilgan. Tadqiqot 13 variantli, 3 takrorli sxema asosida B.A. Dospexov uslubiyotiga muvofiq o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori samara o‘sish boshlanishi fazasida 50 g/ga me’yorda qo‘llanganda qayd etildi: pichan hosili nazoratga nisbatan 2,72 t/ga (11,8 %), oqsil yig‘imi 967 kg/ga (25,8 %) ortdi. Poyalash fazasida 50 g/ga me’yorda qo‘llash (25,25 t/ga) bu variantdan statistik jihatdan farq qilmadi. Me’yor oshishi bilan hosil ortdi, lekin 40→50 g/ga oralig‘ida qo‘shimcha ortish kamaydi.
Hali tarjima qilinmagan