Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda tashqi omillarning taʼsirini baholash

Ergasheva Dilnoza Anvar qiziIqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabasi Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada globallashuv sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga tashqi iqtisodiy omillarning ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar, geosiyosiy vaziyatning beqarorligi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi tendensiyalarning milliy iqtisodiyotga ta’sirini baholash zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqotda statistik, qiyosiy va tahliliy usullardan foydalanilib, iqtisodiy o‘sish, tashqi savdo, xorijiy investitsiyalar hamda tashqi qarz ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Tahlil natijalari eksport tarkibini diversifikatsiya qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omillar ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbati va uning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri baholandi. Tadqiqot yakunida iqtisodiyotning tashqi zarbalarga bardoshliligini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar