Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

TA’LIM MENEJMENTIDA SHAXS KOMPETENTLIGINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Gulchehra UtamurodovaJizzax davlat pedagogika universiteti, “Psixologiya” kafedrasi oʻqituvchisi, tel: +99 899 386 5131
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ta’lim menejmenti tizimida shaxs kompetentligining ijtimoiy-psixologik jihatlari nazariy va amaliy nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Ta’lim tashkilotlarini samarali boshqarishda rahbarning faqat tashkiliy-ma’muriy bilimlari yetarli emasligi, balki uning kommunikativ, emotsional, ijtimoiy, motivatsion, refleksiv va liderlik kompetensiyalarining ham muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Shaxs kompetentligining o‘z-o‘ziga ishonch, empatiya, emotsional intellekt, ijtimoiy mas’uliyat, nizolarni konstruktiv boshqarish, jamoaviy hamkorlik, qaror qabul qilish va kasbiy refleksiya bilan bog‘liqligi ochib berilgan. Maqolada Banduraning self-efficacy konsepsiyasi, Deci va Ryanlarning o‘zini o‘zi belgilash nazariyasi, kompetensiyaviy yondashuv hamda zamonaviy ta’lim liderligi konsepsiyalari asosida ta’lim menejeri shaxsining ijtimoiy-psixologik modeli taklif etilgan. Shuningdek, zamonaviy xalqaro tadqiqotlar, xususan, OECD TALIS-2024 ma’lumotlari asosida O‘zbekiston ta’lim tizimida pedagoglar hamkorligi, kasbiy o‘zaro munosabatlar, o‘qituvchilarning o‘z-o‘ziga ishonchi va boshqaruvdagi ishtirokining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Maqola yakunida ta’lim menejerlarining shaxsiy va ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar