FARG‘ONA VODIYSI TRANSPORT KORIDORLARINING BARQARORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI RISK-MONITORING TIZIMINING AHAMIYATI
Annotatsiya
Maqolada Farg‘ona vodiysining transport koridorlarida tashish jarayonlarining barqarorligini ta’minlashda raqamli risk-monitoring tizimidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Mintaqaning tog‘li relyefi, transport yo‘nalishlarining ayrim uchastkalarda yuqori darajada jamlanganligi, chegaraviy jarayonlar va tashqi iqtisodiy omillar logistika oqimlarining uzluksizligiga ta’sir qiluvchi muhim omillar sifatida baholangan. Tadqiqotda transport koridorlarini boshqarish uchun yo‘l holati, harakat vaqti, yuk oqimi, chegara kutish vaqti va energiya xarajatlarini yagona axborot muhitida kuzatish tamoyili taklif etilgan. Raqamli monitoring transportdagi uzilishlarni oldindan aniqlash va muqobil boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga xizmat qilishi asoslangan.