MALINA (Rubus idaeus L.) O‘SIMLIGINING INTRODUKSIYA SHAROITIDA FIZIOLOGIK-BIOKIMYOVIY MOSLASHUV XUSUSIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada malina (Rubus idaeus L.) o‘simligining introduksiya sharoitida o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ekologik omillar, fiziologik-biokimyoviy moslashuv mexanizmlari hamda ularning mahsuldorlik bilan ehtimoliy bog‘liqligi ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. O‘zbekiston sharoitida yuqori harorat, havo namligining pasayishi va tuproq namligining o‘zgarishi malinaning fiziologik holatiga ta’sir etishi mumkin. Shu sababli barglarning suv rejimi, fotosintetik pigmentlar, uglevodlar almashinuvi, prolin va antioksidant fermentlar faolligini kompleks o‘rganish muhim hisoblanadi. Mazkur yondashuv introduksiya qilingan navlarning mahalliy sharoitga moslashuvini baholash uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan