Oʻquvchilarning axborotni qabul qilish samaradorligini oshirishda didaktik infografikaning oʻrni
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tezisda o‘quvchilarning axborotni qabul qilish samaradorligini oshirishda didaktik infografika vositalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Didaktik infografikaning o‘quv materiallarini vizual va tizimli shaklda taqdim etish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish, eslab qolish hamda tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, infografika vositalarining o‘quv motivatsiyasi, bilish faolligi va tanqidiy fikrlashni shakllantirishdagi pedagogik ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari didaktik infografikalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning axborot bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.