Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

BOJXONA QONUNCHILIGINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda bojxona qonunchiligining o‘rni va huquqiy ahamiyati tahlil qilinadi. Bojxona qonunchiligi tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy tartibga solish, davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, bojxona to‘lovlarini undirish, tovar va transport vositalarining bojxona chegarasi orqali qonuniy harakatlanishini ta’minlash hamda bojxona huquqbuzarliklarining oldini olishga xizmat qilishi asoslab beriladi. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazorati va bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq munosabatlarning huquqiy asoslari belgilangan [1]. Tezisda bojxona nazoratining fiskal, tartibga soluvchi, himoya va huquqni muhofaza qiluvchi funksiyalari iqtisodiy xavfsizlik bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bojxona qonunchiligini takomillashtirishda raqamlashtirish, xavflarni boshqarish, bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish va qonuniy tashqi savdoni rag‘batlantirishning ahamiyati yoritiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar