KOMPYUTERLI KOʻRISH VA KECHIKUVCHI ARGUMENTLI MODELLAR ASOSIDA YUQUMLI KASALLIKLARNI TASHXISLASH
2026uz
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Tibbiy tasvirlarni tahlil qilish jarayonida biologik tizimlarning oʻtmishdagi holatlarga bogʻliqligini (xotira effektini) eʼtiborga olish diagnostika aniqligini sezilarli darajada oshiradi. Mazkur tadqiqotda konvolyutsion neyron tarmoqlar arxitekturasini kechikuvchi argumentli funksional-differensial tenglamalar bilan uygʻunlashtirish asosida yuqumli kasalliklarning rivojlanish jarayonini bashorat qilish va erta tashxislashning yangi yondashuvi taklif etilgan. Olingan tajriba natijalari taklif qilinayotgan usul kasallikning yashirin bosqichlarini aniqlashda anʼanaviy modellarga qaraganda yuqori samaradorlik koʻrsatishini tasdiqladi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos5 ta foydalanilgan manba