Badminton sport kiyimlarida bezak berish texnologiyalarining trikotaj materiallar fizik-mexanik va gigiyenik xossalariga taʼsirini baholash
A.B.KasimovaToshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Moda va dizayn” kafedrasi t.f.f.d. (PhD), profSh.A. Jo'raqulova
2026uz
ABI
Annotatsiya
Tadqiqotda badminton sport kiyimlarida qo‘llaniladigan DTF bosma, mashina kashtasi va sublimatsion transfer bosma bilan ishlov berilgan trikotaj namunalar qiyosiy baholandi. Yuza zichligi, havo o‘tkazuvchanligi, qalinlik, ishqalanib yemirilishga va rangning quruq ishqalanishga chidamliligi o‘rganildi. Natijalarda sublimatsion transfer namunasi havo o‘tkazuvchanligi, yemirilishga chidamlilik va rang barqarorligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etdi. Bu bezak texnologiyasini tanlashda estetik mezonlar bilan birga materialning funksional xususiyatlarini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos5 ta foydalanilgan manba