“IMMUNO AKTIV” BIOSTIMULYATORINI QO‘LLASH MUDDATI VA ME’YORLARINING BEDA PICHANI SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada Farg‘ona viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida “Immuno aktiv” biostimulyatorini to‘rt fenologik fazada (o‘sish boshlanishi, poyalash, shonalash, gullash) va uch me’yorda (30, 40, 50 g/ga) qo‘llashning beda (“Toshkent-1” navi) pichani sifatiga ta’siri bo‘yicha uch yillik (2024–2026) dala tajribasi natijalari keltirilgan. Preparat qo‘llangan barcha variantlarda pichan sifati nazoratga nisbatan yaxshilandi. Eng yuqori natijalar o‘sish boshlanishi va poyalash fazalarida 50 g/ga me’yorda qayd etildi: mutlaq quruq moddadagi xom protein 19,31 dan 20,31–20,37 % gacha, barg:poya nisbati 0,61 dan 0,74 gacha ortdi, xom kletchatka 38,89 dan 37,13–37,26 % gacha kamaydi; bu ikki variant o‘zaro ishonchli farq qilmadi. Karotin miqdori bo‘yicha o‘sish boshlanishi fazasi (50 g/ga) boshqa barcha variantlardan ishonchli ustun bo‘ldi: 18,1 dan 27,0 mg/kg gacha (+49,2 %).
Hali tarjima qilinmagan