Fransuz va oʻzbek muomala madaniyatining milliy xususiyatlari
Annotatsiya
Mazkur maqolada fransuz va o‘zbek muomala madaniyatining milliy xususiyatlari lingvomadaniy va qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Har ikki xalqning tarixiy-madaniy qadriyatlari, milliy mentaliteti va ijtimoiy munosabatlari muloqot jarayonida qo‘llanadigan til birliklari hamda kommunikativ xulq-atvor shakllarida o‘z aksini topishi yoritiladi. Fransuz va o‘zbek tillaridagi murojaat, salomlashish, xayrlashish, minnatdorchilik, uzr so‘rash, iltimos bildirish kabi kommunikativ birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, muloqot jarayonida ijtimoiy maqom, yosh, qarindoshlik munosabatlari, rasmiylik darajasi va suhbatdoshlar o‘rtasidagi masofaning namoyon bo‘lishi ochib beriladi. Tadqiqot natijalari fransuz va o‘zbek muomala madaniyatida umumiy jihatlar bilan bir qatorda, milliy mentalitet va madaniy qadriyatlar bilan belgilanadigan o‘ziga xos farqlar ham mavjudligini ko‘rsatadi.