“BUYUK IPAK YO‘LI” DAN OLDINGI ALOQALAR: XXI ASR INGLIZ TILLI TARIXSHUNOSLIGIDA MARKAZIY OSIYONING TRANSMINTAQAVIY ALMASHINUVLARDAGI O‘RNI
Annotatsiya
Ushbu tezisda XXI asr ingliz tilli arxeologik adabiyotlarda Markaziy Osiyoning qadimgi transmintаqaviy aloqalardagi o‘rniga oid qarashlarning o‘zgarishi tarixshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Xususan, Buyuk Ipak yo‘li miloddan avvalgi II asrdan shakllangan savdo tizimi sifatidagi an’anaviy talqindan uning ildizlarini bronza davridagi o‘simliklar, hayvonlar, texnologiyalar va madaniy tajribalarning harakati bilan bog‘lovchi yondashuvga o‘tish jarayoni ko‘rib chiqiladi. M. Frachetti, R.N. Spengler III va boshqa tadqiqotchilarning ishlari asosida mobil pastoral jamoalarning almashinuv jarayonlaridagi o‘rni hamda arxeobotanik ma’lumotlarning ushbu masalani qayta talqin qilishdagi ahamiyati yoritiladi. Zamonaviy tarixshunoslikda Markaziy Osiyo Sharq va G‘arb o‘rtasidagi passiv tranzit hududi emas, balki transyevrosiyo aloqalarining shakllanishida faol ishtirok etgan makon sifatida tobora ko‘proq talqin qilinayotgani asoslanadi.