Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

O‘ZGARUVCHAN DARAJALI KUCHSIZ SINGULYAR VOLTERRA INTEGRAL TENGLAMALARI: YECHIM SILLIQLIGI VA SONLI USULLARGA KIRISH

Shoxsanam OmonovaFarg‘ona davlat universiteti, 1-kurs tayanch doktorant
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Tezisda o‘zgaruvchan darajali kuchsiz singulyar Volterra integral tenglamalarini sonli yechishning dastlabki ilmiy asoslari adabiyotlar tahlili orqali yoritiladi. Tenglamaning matematik modeli, yadroning integrallanuvchanligi va yechimning boshlang‘ich nuqta yaqinidagi silliqligi muhokama qilinadi. Bo‘lakli polinomial kollokatsiya, kasr darajali bazislar, product integration asosidagi Nyström va gibrid spektral usullarning vazifalari taqqoslanadi. Tahlil asosida keyingi tadqiqot uchun yechim silliqligi, to‘r tanlovi va xatolik nazoratini o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish yo‘nalishi belgilanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar