Kattalarda oʻz-oʻzini baholash darajasiga taʼsir etuvchi psixologik omillarning oʻziga xos xususiyatlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda kattalar shaxsida o‘z-o‘zini baholash darajasining shakllanishi va o‘zgarishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy-metodologik asosida o‘z-o‘zini baholashning kognitiv, emotsional va xulq-atvor komponentlari hamda ularning kattalik davridagi shaxs rivojlanishi bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Dissertatsiya tadqiqoti doirasida kasbiy muvaffaqiyat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, refleksivlik darajasi va emotsional barqarorlik o‘z-o‘zini baholashning muhim determinantlari sifatida tizimlashtirilgan. Shuningdek, salbiy kognitiv ustanovkalar, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash tendensiyasi va muvaffaqiyatsizlik tajribasining noadekvat o‘z-o‘zini baholash shakllanishidagi roli asoslangan.