Tarix fanini boshqa fanlar bilan integratsion shaklda tashkil etish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada fanlararo integratsiyaning pedagogik ahamiyati, metodik jihatlari va o‘quv jarayonida qo‘llash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. tarixni adabiyot, geografiya, matematika, san’at, tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan bog‘lab o‘qitishning nazariy asoslari va amaliy usullari yoritilgan. Asosiy e’tibor tarixni boshqa fanlar kontekstida o‘rganish orqali o‘quvchilarda mantiqiy, tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada turli fanlar bilan bog‘liq misollar (masalan, adabiy asarlar orqali tarixni tahlil qilish, geografik xaritalar va statistika ma’lumotlaridan foydalanish, san’at va me’morchilik yodgorliklarini o‘rganish) keltirilgan. Ishning amaliy qismida integratsion darslar tuzish, loyihalar va interfaol mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit soʻzlar: tarix, fanlararo integratsiya, interdisiplinar yondashuv, pedagogik metodlar, oʻqitish texnologiyalari, adabiyot-tarix aloqasi, geografik-tarixiy tahlil, matematik-statistik usullar, sanʼat va meʼmorchilik tarixi,