Oqsuv togʻoldi hududida yomgʻir suvini yigʻish salohiyatini GIS va relyef tahlili asosida baholash
Annotatsiya
Yarim qurg‘oqchil tog‘oldi hududlarida yog‘ingarchilikning kam va notekis taqsimlanishi, nishabli relyef hamda o‘simlik qoplamining siyrakligi kuchli yog‘in vaqtida yuzaki oqimning tez shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda yomg‘ir suvini yig‘ish (Rainwater Harvesting — RWH) texnologiyalari yuzaki oqimni sekinlashtirish, suvning landshaft ichida vaqtincha ushlanishini ta’minlash va uning tuproqqa singish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. RWH inshootlarini samarali joylashtirish uchun hududning balandligi, nishabligi, tabiiy oqim yo‘nalishlari va suv yig‘ilish maydonlarini oldindan baholash muhimdir. Geografik axborot tizimlari (GIS) bunday ko‘rsatkichlarni birlashtirib tahlil qilish imkonini beradi [1, 2].