Texnika yoʻnalishi talabalarini oʻqitishda sunʼiy intellekt va raqamli platformalardan foydalanishning pedagogik mexanizmlari
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik tamoyillari hamda ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or xorijiy tajribalar tahlil qilingan. Tadqiqotda inson markazlashtirilganligi, adaptivlik va chuqur individualizatsiya, real vaqt rejimida aks aloqa ta’minlash hamda akademik halollik kabi yetakchi pedagogik tamoyillarning o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, AQSh (Community of Inquiry modeli va adaptiv platformalar), Xitoy (Squirrel AI tizimi va bilim nuqtalari diagnostikasi) hamda Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi (Century Tech va DigCompEdu ramkasi) tajribalari atroflicha o‘rganilgan. Maqola yakunida milliy ta’lim tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini samarli va pedagogik jihatdan to‘g‘ri integratsiya qilish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan