Raqamli marketing vositalaridan foydalanishning xotin-qizlar tadbirkorligi biznes faolligiga taʼsirini baholash
Annotatsiya
Maqolada raqamli marketing vositalaridan foydalanishning xotin-qizlar tadbirkorligi biznes faolligiga ta'sirini baholash masalalari klassik regressiya tahlili asosida ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda biznes faolligi indeksi raqamli marketing vositalarini (ijtimoiy tarmoqlar, onlayn reklama, elektron tijorat platformalari) qo'llash darajasiga bog'liq holda chiziqli regressiya (OLS) yordamida 2016–2025-yillar uchun modellashtirilgan. Natijalar model yuqori umumiy monandlikka ega ekanligini (R²=0,984) ko'rsatgan, bunda raqamli marketing darajasi statistik jihatdan yuqori ahamiyatli ta'sirga ega (β = +0,67; p < 0,001). Bu natija raqamli marketing ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarining xotin-qizlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashdagi ilmiy asoslanganligini tasdiqlaydi.