Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Oʻzbek va ingliz tillarida referensiya kategoriyasining lingvistik tabiati

2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada referensiya kategoriyasining lingvistik tabiati o‘zbek va ingliz tillari misolida nazariy jihatdan tadqiq etiladi. Referensiya til tizimiga emas, balki nutqqa xos hodisa ekani, uning semantik, pragmatik va grammatik jihatlari o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘lishi asoslanadi. Referensiya funksional-semantik maydon sifatida talqin qilinib, ingliz tilida uning yadrosini artikllar tizimi, o‘zbek tilida esa ko‘rsatish olmoshlari, tushum kelishigi va egalik qo‘shimchalari tashkil etishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, deyksis, anafora va berilganlik ierarxiyasi bilan referensiya o‘rtasidagi munosabatlar ikki til materialida qiyosiy tahlil qilinadi. O‘zbek tilida referensiya "yashirin kategoriya" sifatida mavjud ekani haqida xulosa chiqariladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar