Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Pedagogning oʻquv faoliyatini rejalashtirishi va baholash qobiliyatlarining kasbiy rivojlanishdagi oʻrni

Dilfuza MeliyevaDenov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti, Pedagogika fakulteti, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metakognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda metakognitiv kompetensiyaning mazmuni, tarkibiy komponentlari hamda uni rivojlantirish imkoniyatlari kompetensiyaviy, fanlararo integrativ va refleksiv-faoliyatli yondashuvlar asosida tahlil qilingan. J. Flavell, G. Schraw va L.S. Vigotskiyning metakognitiv rivojlanish, kognitiv monitoring hamda rivojlantiruvchi ta’limga oid ilmiy qarashlari metodologik asos sifatida belgilangan. Tadqiqot jarayonida metakognitiv didaktik modullar, integrativ o‘quv klasterlari, fanlararo topshiriqlar, muammoli-amaliy vaziyatlar, refleksiv keyslar va o‘z-o‘zini baholash mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Olingan natijalar mazkur metodik vositalarning bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z bilish faoliyatini rejalashtirish, monitoring qilish, boshqarish, baholash va refleksiv tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatgan. Tadqiqot asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metakognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar