Sunʼiy intellekt va maxsus til korpusi asosida kasbiy-terminologik kompetensiyani rivojlantirish metodikasi
Annotatsiya
Globalizatsiya va raqamli transformatsiya sharoitida mutaxassislardan o‘z kasbiy sohasida xalqaro miqyosda samarali muloqot qilish qobiliyati talab etilmoqda. Kasbiy-terminologik kompetensiya nafaqat ma’lum bir soha lexikasini bilishni, balki ushbu terminlarni real professional diskursda kontekstga mos ravishda qo‘llash, kollokatsiyalarni to‘g‘ri shakllantirish va kasbiy matnlarni tahlil qilish ko‘nikmasini o‘z ichiga oladi. An’anaviy til o‘qitish metodikalari ko‘pincha terminlarni izolyatsiya qilingan, sun’iy sharoitda o‘rgatishga asoslangan bo‘lib, bu o‘quvchilarning ularni haqiqiy kasbiy muhitda erkin ishlatishiga to‘sqinlik qiladi. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (AI) va korpus lingvistikasining integratsiyasi ushbu muammoga innovatsion yechim taklif etmoqda. Ushbu tezisning maqsadi maxsus til korpuslari va sun’iy intellekt vositalarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan holda, kasbiy-terminologik kompetensiyani shakllantirishning yangi, data-driven (ma’lumotlarga asoslangan) metodikasini ilmiy asoslashdan iborat.